Nerv Sistemasiga Tasir Etuvchi Vitaminlar Va Ularning Guruhlanishi

Authors

  • Sherzodbek Kodirov Xusanboy og'li Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash ishi 4 kurs

Keywords:

B6B12, pantoten va foliy kislotasi, A vitameni, Pantotenat kislota (V5 vitamin), Askorbin kislota (S vitamin)

Abstract

Vitaminlar tirik mavjudotlar organizmi uchun juda zarur, fiziologik uhamiyatli, fermentlar tizimi tuzilishi uchun muhim. Ularning bo‘lmasligi kasalliklarga yoki o‘limga olib keladi. Ular oz miqdorda bo‘lsa ham kishi organizmida, xujayradagi jarayonda kuchli faollikga ega. Ularning ko‘pchiligi kimyoviy tuzilishi jihatidan murakkab organik moddalardir. Ular asosan turli o‘simliklarda, ho‘l meva, ovqat mahsulotlarida va sabzavotlarda bo‘ladi. Ularning har biri fizik-kimyoviy tuzilishi va farmakologik xossalari bo‘yicha ma’lum bir vazifani bajaradi va bu jihatdan bir - biridan farq qiladi. Shuning uchun ular bir - birini o‘mini bosa olmaydi. Ular ko‘pchiligi kofermentlar sifatida muhim bioximiyaviy reaksiyalarda bevosita ishtirok etadi.

Ayrimlari nerv impulslari o‘tishida, ko‘rish akti sodir bo‘lishda va boshqa fiziologik prozesslarida muhim rol o‘ynaydi. Organizm uchun zarur bo‘lgan vitaminlar asosan turli ovqat mahsulotlari, ko‘proq har xil ko‘katlar va meva-sabzavotlar bilan o‘zlashtiriladi.Ularning ayrimlari (B6B12, pantoten va foliy kislotasi) ichak mikroflorasi tomonidan ham ishlab chiqariladi, lekin bular organizm uchun kifoya qilmaydi.

Downloads

Published

2023-02-24

How to Cite

og’li, S. K. X. . (2023). Nerv Sistemasiga Tasir Etuvchi Vitaminlar Va Ularning Guruhlanishi. SCIENTIFIC JOURNAL OF APPLIED AND MEDICAL SCIENCES, 2(2), 188–190. Retrieved from https://sciencebox.uz/index.php/amaltibbiyot/article/view/5800