NA'MATAK

Authors

  • Jumayeva Dilnoza Abdusattor qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika institute Biologiya(turlari buyicha) 3-bosqich

Keywords:

tikanli, seret, yaproqchali, tugunvhasi, toqpatsimon, po’stloq, barglari, gultoj, ravshan rangli, rezavor meva, C vitamin, moy, qand, oqsil, avitaminoz, etdor, karotin, pektin, ildiz, gul, meva

Abstract

Na’matak (Rosa Canina) -bo’yi 2-3mga yetadigan past bo’yli butadir. U asosan tog’ va to’qaylarda o’sadi. Barglari murakkab bo’lib, toqpatsimon, 5-9 yaproqchali, iyun-iyul oylarida gullaydi. Mevalari yetilganda seret va ravshan rangli bo’lib qoladi. Gullari yirik, xushbo’y, qizil, pushti, oq yoki sariq rangli gultojisi bo’lib, eni 8-9sm, asosan och-pushti rangda gulkosacha va gultoji 5tadan, gulda juda ko’p changchi va urug’chilari bor. Na’matak urug’ida moy, ildizi va bargida esa oshlovchi moddalar bo’ladi. Na’matak o’simligining mevasi tarkibida bir necha xil vitaminlar aralashmasi bor, shu sababli preparatlari avitaminoz kasalliklarini davolashda va oldini olishda ishlatiladi. Na’matak turlarining mevasi turli vitaminlar saqlovchi polivitaminli mevalarga kiradi. Yuqori vitaminli turlari - (Begger na’matagi va Fedchenko na’matagi) –avitaminoz kasalliklarini davolash va ularning oldini olish uchun qo’llaniladi.

Downloads

Published

2023-05-23

How to Cite

Abdusattor qizi, J. D. . . . . . (2023). NA’MATAK. SCIENTIFIC JOURNAL OF APPLIED AND MEDICAL SCIENCES, 2(5), 153–155. Retrieved from https://sciencebox.uz/index.php/amaltibbiyot/article/view/7144