UMURTQA POG’ONASI O’SMA KASALLIKLARI FONIDA YUZAGA KELADIGAN PATOLOGIK SINISHLARIDA STABILIZATOR O’RNATISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Mardonov Jamshid Jaxongirovich
  • Arslonov Alisher Anvar o’g’li

Keywords:

umurtqa pog'onasi, o’sma, o’rnatishnish

Abstract

Statistik ma’lumotlarga ko’ra umurtqa pog’onasi o’smalari barcha suyak o’smalari orasida 5-7% ni tashkil qiladi. JSST bergan ma’lumotga ko’ra patalogik sinishlar orasida umurtqa pog’onasidagi sinishlari 46% ni tashkil qilib, bu o’lim ko’rsatkichini 60% gacha orttirishi mumkin [Мардонов Ж.Ж. с соавт., 2016].

Umurtqa pog’onasi o’smalarini jarrohlik yo’li bilan davolash boshqa suyak o’smalariga qaraganda bir qancha murakkab va o’ziga xos bo’lib umumiy davolash usullaridan farq qiladi.

Skelet suyaklarining shikastlanishi deyarli har doim og'riq sindromi bilan namoyon bo'ladi. Og'riq uzoq vaqt davomida bemorning yagona shikoyati bo'lishi mumkin. Bir qator mualliflarning fikriga ko'ra, ko'pincha kuzatuvlarning 70% gacha, nevrologik kasalliklar va umurtqa pog'onasidagi og'riqlar o’smaning ilk klinik ko'rinishi bo'lgan. Patologik umurtqa pog'onasi sinishi umurtqa pog'onasining metastatik o’malari bo'lgan bemorlarning 9 - 29 foizida uchraydi. Orqa miya metastatik o’smalari bo'lgan bemorlarda 10 - 20% hollarda orqa miya siqilish sindromi bilan birga keladi. Siqilish sindromining eng keng tarqalgan sababi orqa miyaning metastatik fokus bilan ekstradural siqilishidir. [Борзов Крилл Александрович с соавт., 2019].

Downloads

Published

2024-04-15