Tartib va qoidalar

Maqolaga qo'yilgan talablar:

- Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi;

- Maqolalar har oyning 5-sanasidan 27-sanasiga qadar elektron shaklda

Telegram: t.me/scienceboxuz telegram manziliga yoki elektron pochta manzilida qabul qilinadi;

- Yuborilgan ilmiy maqolalar Maqolalar fan sohalarining tegishli tahririyat a’zolari tomonidan tahrir qilinadi. Tahrir talablariga javob bermagan va taalab darajasidda rasmiylashtirib yuborilmagan maqolalar nashr etilmaydi;

- Jurnalga professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalar maqola yuborishlari mumkin;

- Jurnalga qabul qilingan maqolalar bir hafta (7 kun) ichida jurnal web sayti (www. www.sciencebox.uz) saytida joylanadi hamda muallifga maqola havolasi taqdim etiladi.

 

JURNALGA MAQOLALARNI TAQDIM ETISh TALABLARI

  1. Maqola xalqaro talablar asosidagi quyidagi aniq bandlarga ega bo‘lishi lozim:

- Maqola mavzusi (Title)

- Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (Author information)

- Maqola annotatsiyasi (Abstract)

- Kalit so‘zlar (Key words)

- Kirish (Introduction)

- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature reviyew)

- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)

- Tahlil va natijalar (Analysis and results)

- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations)

- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References)

Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxati [1], [2] yoki [3] ketma-ketligida qo‘yiladi:

  • mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili nashriyot nomi, yili, betlari;
  • mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari
  1. Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 kirill yoki lotin alfavitida bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1.5intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning hajmi 5-7 sahifadan iborat bo‘lishi lozim.

Har bir yo‘nalishda tahrir hay’ati tomonidan eng yaxshi deb topilgan maqolalar “Science Box” platformasi tizimiga kiruvchi jurnallarda bepul e’lon qilinadi.

Maqolalar uchun alohida doi raqamlar taqdim etiladi.

Barcha mualliflarga elektron shaklda sertifikat beriladi.